Zafarlar cho‘qqisin etganda makon
Atforimga to‘ldi-ku do‘st-u qadrdon
Quvonchim hammaga, qayg‘uyim pinhon
Soxta tuyg‘ulardan charchadim Ona
Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar
Burgutdek viqorla etdim parvozlar
Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar
Makkor ohulardan charchadim Ona
Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar
Burgutdek viqorla etdim parvozlar
Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar
Makkor ohulardan charchadim Ona
Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri
Biz uchun ataldi davralar to‘ri
Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin
Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona
Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri
Biz uchun ataldi davralar to‘ri
Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin
Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona
Angladim so‘zlarin ma'nosi foyda
Foydalar yo‘lida aldandim rosa
Ko‘rgan-kechirganlarim bo‘ldi xulosa
Alam og‘ulardan charchadim Ona
Men hayotga bag‘rim ochgandim, biroq
Shodlik tez tugarkan, musibat ko‘proq
Tuproqdan yaraldik, bo‘larmiz tuproq
Afsus, qayg‘ulardan charchadim Ona
Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar
Burgutdek viqorla etdim parvozlar
Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar
Makkor ohulardan charchadim Ona
Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri
Biz uchun ataldi davralar to‘ri
Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin
Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona
Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri
Biz uchun ataldi davralar to‘ri
Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin
Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona