Yana uchaman, hayollardan uzoqqa
Yana qochaman, bu yo'llarda tuzoqdan
Qayg'ular olamiga, chorlidi ko'chalar
Men, yana uchaman ulardan, nari uchaman
Yana uchaman, hayollardan uzoqqa
Yana qochaman, bu yo'llarda tuzoqdan
Qamagisi kelar bu, kichkina uychalar
Men, yana uchaman ulardan, nari uchaman
Rang-barang olam, o'z bag'riga olar
To'xtatolmas xatolar, ular orqada qolar
Menga qiziqmas ular, ortda kim nima xolar
Menga qiziqmas ular, hayotimni qanday baholar
Men, kezaman samoda, menga qiziqmas-u moda
Qiziqmas qanday binoda, asosiysi bo'lsam odam
Bo'lsa bitta samimiy inson, havoga mos kiyinsa
Bor kuchi bilan quchsayu, samoga birga uchsa
Tashvishlar qamasa, jonga tegar hammasi
Hech narsa o'xshamasa va o'ylashni istamasam
Hammasidan uzoqlarga qochgim keladi
Bu odamlardan yiroqlarga uchgim keladi
Yana uchaman, hayollardan uzoqqa
Yana qochaman, bu yo'llarda tuzoqdan
Qayg'ular olamiga, chorlidi ko'chalar
Men, yana uchaman ulardan, nari uchaman
Yana uchaman, hayollardan uzoqqa
Yana qochaman, bu yo'llarda tuzoqdan
Qamagisi kelar bu, kichkina uychalar
Men, yana uchaman ulardan, nari uchaman
Insondan ko'ra ko'proq buyumlar qadrlansa
Buyumdan boshqa narsasi yo'qlar kibrlansa
E'tibor ostida, g'iybatdasan qimirlasang
O'zingga joy topolmasang, qancha ko'p qidirmasangda
Bezor qilarkan bari, odamlarni hunari
Rostini bilib tursang to'qiydigan yolg'onlari
Yuzingga aytgani bilan ortingdan aytganlari
Singaningda ketib, tiklanganingda qaytganlari
Tashvishlar qamasa, jonga tegar hammasi
Hech narsa o'xshamasa va o'ylashni istamasam
Hammasidan, uzoqlarga qochgim keladi
Bu odamlardan yiroqlarga, uchgim keladi
Yana uchaman, hayollardan uzoqqa
Yana qochaman, bu yo'llarda tuzoqdan
Qayg'ular olamiga, chorlidi ko'chalar
Men, yana uchaman ulardan, nari uchaman
Yana uchaman, hayollardan uzoqqa
Yana qochaman, bu yo'llarda tuzoqdan
Qamagisi kelar bu, kichkina uychalar
Men, yana uchaman ulardan, nari uchaman