Sen emasmi qanchalar yuragingni parchalab, tinmay meni qizg'ongan?
Senmasmi goh ertalab, gohida tun kechalab "Sog'indim" deb uyg'ontagan?
Orzuda yashar edik, dunyo qadar sevardik, baxtimga ishonibman.
Sen tubdan o'zgarganing, sevgimizni ko'mganing,
Afsus, sezmay qolibman.
Naqadar yurak sog'inib seni sinib bo'ldi, bilmasang kerak?
Sezmasang kerak?
Ko'zyoshdan bo'lak barchasi so'nib tugab bo'ldi, kelmaysan so'rab,
Og'riydi yurak.
Naqadar oson sevgimni butkul qilib yakson?
Yurasan shodon, kulasan shodon.
"Hammasi tamom" deyman-u, lekin unutishga topmayman imkon,
Yo'q bunga imkon.
Esingdami so'nggi bor tushunmas edik bekor ko'risholmasligimiz zinhor.
Bilganimda o'shandam, qo'yvormasdim
Shu damda qo'llaringni qo'msayman yana
Bormoqda o'tib yillar, tobora yurak muzlab borar.
Qaytishimizga yo'q bir chora
Na san kela olasan? Na man bora olaman?
G'urur ne ko'yga soldi qara
Tun, yana o'tar mahzun
Sababi kun bo'yi seni esladim bugun
Qo'limdagi surat, yana eski xolat
Qaniydi qaytsam edi o'tmishimga bir fursat
So'ginganimda senga endi qayta olmayman
Hatto so'ngi bor bag'rimga to'yib bosa olmayman
Ko'nika olmayman, kechib ham ketolmayman
Qanchalar xohlasam ham seni unuta olmayman)
Naqadar yurak sog'inib seni sinib bo'ldi, bilmasang kerak?
Sezmasang kerak?
Ko'zyoshdan bo'lak barchasi so'nib tugab bo'ldi, kelmaysan so'rab,
Og'riydi yurak.
Naqadar oson sevgimni butkul qilib yakson?
Yurasan shodon, kulasan shodon.
"Hammasi tamom" deyman-u, lekin unutishga topmayman imkon,
Yo'q bunga imkon,
Yo'q bunga imkon