Yulduz Usmonova Tut qo'limdan минус

00:00 / 04:48
Loading
Скачать
0
1535
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Тип: с бэк-вокалом
Свойства файла: 11,1 Мб 320 кбит/с
Загружено: Bahodirjon03 @ 19.09.21
Текст песни «Tut qo'limdan»
  
Uylanarmiz, to`y qilarmiz,
Balki farzandlar bo`lar.
Biri menday shoir bo'lsa,
Biri senday she'r bo'lar.

Faqat jonim, umid uzmagin,
Bu sinov kunlar o'tar.
Sinovning dushmani - sabr,
Bizdan qochar bulutlar.

Tut qo`limdan, meni ko`p sev,
Kimsaga berma meni.
Sevsang agar, bir umr sev,
Bir kunlik sevma meni.

Yaxshi kunda, yomon kunda,
Ko`ksingda saqla meni.
G`arib ko`nglimning malhami,
Yolg`iz tashlama meni.

Kel yorim, tut qo`llarimdan,
Jonim yovga yedirma meni.
Men ham seni jondan sevdim,
Qalbingdan otma meni.

Har ne, shamol, bo'ron kelsa,
Aslo qo`rqitmas meni.
Faqat yorim, sen vafoli bo`lgin,
Men umrbod sevay seni.

Tut qo`limdan, meni ko`p sev,
Kimsaga berma meni.
Sevsang agar, bir umr sev,
Bir kunlik sevma meni.
Yaxshi kunda, yomon kunda,
Ko`ksingda saqla meni.
G`arib ko`nglimning malhami,
Yolg`iz tashlama meni. (x1 + x1)

Yolg`iz tashlama meni ...
Текст добавлен: Bahodirjon03