Uchradi manga o`sha qiz yana,
Yuragim etdi unga jiz yana.
Xuddi siz xohlaganingizdek, ona,
Bo`lasiz endi qaynona.
Buni sevgi deydilar hoyna-hoy,
Bu o`sha yomon qizda, yoqimtoy.
Voy, otasin bitta qizi, erkatoy,
Go`yoki osmondagi oy.
Tez kunda to`y bo`ladi,
Bu kunlar yaqin – yuragim sezadi.
To`yimga Sherali, Yulduz keladi,
Siz duolar qiling, ona.
Tez kunda to`y bo`ladi,
Uyimizga yana mehmon to`ladi.
To`yimizda hamma o`ynab-kuladi,
Siz duolar qiling, ota.
Bilaman, bu bir taqdiri azal –
Uchrashi menga o`sha bir go`zal.
O`sha qiz hayotimni qildi hal,
O`zidan so`zlari asal.
Gaplarim bo`lib ketdi poyma-poy,
Yonimga tushdi go`yo to`lin oy.
Voy-voy, yuragida olib bo`ldi sevgi joy,
Qaydasan, ey “Yakkasaroy”?
Tez kunda to`y bo`ladi,
Bu kunlar yaqin – yuragim sezadi.
To`yimga Sherali, Yulduz keladi,
Siz duolar qiling, ona.
Tez kunda to`y bo`ladi,
Uyimizga yana mehmon to`ladi.
To`yimizda hamma o`ynab-kuladi,
Siz duolar qiling, ota. (x1+x1)