Benom Guruhi Qaniydi Seni минус

00:00 / 04:02
Loading
Скачать
0
1095
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Тип: ориг
Свойства файла: 3,6 Мб 128 кбит/с
Загружено: Азиз (azzo_7777) @ 06.09.20
Текст песни «Qaniydi Seni»
  
Juda chiroylisan, juda ham go’zalsan,
Bunga gumon yo’q sira,
Butun chiroyingga butkul ishongansan,
Atrofdan bir o’zingga qara.

Qara senga tuyg’u bo’lib qolgan kulgu,
Asling chiroyingga berkingan,
Qara muhabbatin senga izhor etsa,
Sen emasmi bundan jirkangan?

Gohi rad etasan, gohida umid berib,
Sevgi bilan o’ynaysan,
Senga ko’ngil qo’ygan necha yuraklarning
Dardi bilan hech qiziqmaysan.

Qaniydi seni ko’rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda,
Qaniydi bir tun o’ylamay yotsam,
Unutsam seni uyg’onganimda.

Oh, qaniydi seni sevmaganimda,
Husning ortida o’zga bo’lganida,
Qaniydi seni bag’rimga bosib,
Beg’uborim deb aytolganimda.
Afsus bular armon, afsus bular armon.

Goh dili vayronman, gohida hayronman,
Senga farqi yo’q sen kim bilan,
Mayli men ko’nikdim, seni sevganlarni
Jazolama sevgisi bilan.

Ko’nikdim sevmaysan, ko’ndim o’ylamaysan,
Tuyg’u sen uchun bir o’yinchoq,
Go’zal yaralgansan, seni sevganlarni
Qiynash uchun yaralgan qo’g’irchoq.

Qaniydi seni ko’rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda,
Qaniydi bir tun o’ylamay yotsam,
Unutsam seni uyg’onganimda.

Oh, qaniydi seni sevmaganimda,
Husning ortida o’zga bo’lganida,
Qaniydi seni bag’rimga bosib,
Beg’uborim deb aytolganimda.
Afsus bular armon, afsus bular armon,
Afsus bular armon…
Текст добавлен: Азиз (azzo 7777)
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.