Bilib-bilmay ko'nglingni og'ritgan bo'lsam
Ayrim gaplardan ranjib, ayrilgan bo'lsak
Yonimga qayt endi, menga rahm qil
Boshqa chorasiz, bechoraman sensiz
Bu hayot emas, bu umr o'tgani
Yaxshi-yomonim ham bekor o'tgani
Qoshingga keldim shu gapni aytgani:
"Ma'nosiz, mazmunsiz qo'shiqman sensiz"
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Halovatim, tinchimsan, darmon topganim
Har qanday daxshatdan omon topganim
Eng og'ir fursatda oson topganim
Yengilmas shohlar ham ojizdir sensiz
Tiz cho'kib, bag'ringga talpinay
Hol-u madorim tugaguncha talpinay
Orom topgay jonim, illo poyingda
Son-sanoqsiz onlar behuda sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz
Gapim gapimga ulanolmaydi
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi
18000 olam sen bo'lolmaydi
Borim ham, yo'g'im ham sarsona sensiz