Men qulog`in tishlagan jajjigina qizaloq,
Bugun 18 bahor quchgan lolaqizg`aldoq.
O`shanda og`riqdan xo`b yig`laganingda biram,
Qizim deb, boshing silab, yupatgan mening onam.
O`shanda og`riqdan xo`b yig`laganingda biram,
Qizim deb, boshing silab, yupatgan mening onam.
Kuyib-kuyib kul bo`lsin seplar to`la sandiq qiz,
Bugun meni yig`latding, bir qulog`i chandiq qiz. (x2)
Shu onam sovchi borsa, xush ko`nglini g`ashlading,
Qasd oldingmi qizaloq, yuragimni tishlading.
Senga atalgan gullar so`lib borar dilimda,
Qulog`ingni ta’mi hech ketmas hamon tilimda. (x2)
Kuyib-kuyib kul bo`lsin seplar to`la sandiq qiz,
Bugun meni yig`latding, bir qulog`i chandiq qiz. (x2+x4