Bir qizni sevdim 19 yoshida,
Ko`ngil beribman bilmay boshida.
Nahotki, adashdim sevgi yo`lida?
Yuragim soddasan, soddasan.
Do`stlarim kulardi uning qoshida,
Shu kunlar bor ekan yigit boshida.
Ne qilay, ko`nglim yo`q o`zgasida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading bo`sa,
Ha, men oshiqman, telbaman o`sha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi o`sha tun, o`sha. (x2)
Oshiqlarin o`raydi u ko`zida,
Nelar yashiringan gul yuzida?
Mening muhabbatim uning qo`lida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Yolg`onlarin qo`ymaydi so`zida,
Sezmadim, nafrat bor ekan dilida.
Vafo ko`rmadim, eh sevgisida,
Yuragim soddasan, soddasan.
Oygul, yuzingdan bermading bo`sa,
Ha, men oshiqman, telbaman o`sha.
Izingdan yurmagan qanchadan qancha,
Meni qiynaydi o`sha tun, o`sha. (x2)