Ko`zlarida yolg`onlari bor,
Yuragida alamlari bor,
Sevishida gumonlarim bor,
Sezaman, u sezmaydi hech.
Kunduzim qorong`u go`yo,
Dardlarim sezmaydimi yo?
Ko`z yoshim bo`lar bir daryo,
Sezaman, u sezmaydi hech.
Bevafo, bevafo ekan,
Bevafo, yor nega bevafo?
Bedavo, bedavo yurak,
Bedavo, yo`q senda vafo. (x2)
Muhabbat savollaridan,
Topolmay javoblaridan,
Charchadim qiynoqlaridan,
Sevaman, u sevmaydi hech.
Qilibman ishqda zo`r tilak,
O`zgaga dil berdi malak.
Bilmayin beribman yurak,
Sevaman, u sevmaydi hech.
Bevafo, bevafo ekan,
Bevafo, yor nega bevafo?
Bedavo, bedavo yurak,
Bedavo, yo`q senda vafo. (x2+x2