Shohrux (Ummon) Mani Baxtim минус

00:00 / 03:48
Loading
Скачать
0
1135
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Тип: ориг + бэк
Свойства файла: 8,6 Мб 320 кбит/с
Загружено: SpikeSe7en @ 15.11.19
Текст песни «Mani Baxtim»
  
Nahotki ikkimizdan ham bir
Kerakli so'z topilmasa,
Nahotki bu keraksiz mavzu

Ochilsa-yu yopilmasa

Nahotki baxtim deganim
Endi armonim bo'lib qolasan,
Nahotki yarim bo'lagim
Ko'nglim yarmim bo'lib olasan,

Uch kundan beri uyqu yo'q
Almashtiradi oy-quyoshni,
Lekin menga farqi yo'q,
Halovat yo'qolgan, topilmaydi o'zimni qo'ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi lek yurak so'rar najot,
O'sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam,
"Tv"dagi navo,
Qilolmay tasavvur,
Xayolda bitta savol,
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?

O mani baxtim,
Qarshingdaman so'nggi bor.
Nahot qolmadi vaxtim?
So'zlarim tingla so'nggi bor.

O mani baxtim,
Endi bir o'zing yet orzularimizga.
Qolmadi vaxtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga.

O, ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Mayli baxtli bo'l, meni esa hech o'ylama.

O, sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma.
Sevganing bilan baxtli bo'l, hech qachon undan ayrilma.

Endi mani ko'zlarim bilan olamga qara.
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko'chalardan topib go'zal manzara,
Xayotga sevgan ko'zlar bilan qara.
Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning.
Baxt sababchi bo'lsin ko'zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo'ng'iroqlarim buzmaydi tuning.
Endi yuzingdagi tabassum bo'lmaydi sun'iy.
Endi xayotimni nuri bilan yorit yo'ling.
Qiyin bo'lgandi orzularimiz tutsin qo'ling.
Endi mani felim bilan tashvishga beparvo,
Bo'lib shirin xayollairngda qilaver parvoz.
Endi bo'lsin o'sha shirin tushlaring bari rost,
Bo'l baxtga yaqinroq,
Mayli mandan nariroq.
Parvoz et eshitmay,
Yonimda qol desam,
Man esa pastga,
Qanotlarim qoldi sanda.

O mani baxtim,
Qarshingdaman so'nggi bor.
Nahot qolmadi vaxtim?
So'zlarim tingla so'nggi bor.

O mani baxtim,
Endi bir o'zing yet orzularimizga.
Qolmadi vaxtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga.

O, ketaver go'zalim, ortinga hech qayrilma.
Mayli baxtli bo'l, meni esa hech o'ylama.

Sen ketaver go'zalim, ortinga hech qayrilma.
Sevganing bilan baxtli bo'l, hech qachon undan ayrilma.
Текст добавлен: SpikeSe7en
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.