Ulug'bek Rahmatullayev Qizalog'im (MvinStudio) минус

00:00 / 03:43
Loading
Скачать
0
2365
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Тип: мастер
Свойства файла: 8,5 Мб 320 кбит/с
Загружено: MVin @ 28.07.20
Текст песни «Qizalog'im (MvinStudio)»
  
Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Senga boqsam, quvnar ko`zlarim.
Qalbi nurli beg`uborginam,
Meni o`ylar mehribonginam.

Sevinchlarga to`lar yuragim,
Dadajonim desang, oy qizim.
Bo`ylaringdan o`zim aylanay,
Dunyo g`amlarini unutay.

Esingdami o`sha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
O`tib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular.

Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Har qadamda seni o`yladim.
Termulib qolarding yo`limga,
Yomg`ir tomchilardi ko`nglimga.

Bag`rimdagi bahoriy gulim,
Tongda seni uyg`otib o`zim,
Derdim: qara, mayin qor yog`ar,
Tun o`tar, ertak davom etar.

Esingdami o`sha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
O`tib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular. (x2)
Текст добавлен: MVin