Ummon Guruhi Kechirgin минус

00:00 / 05:18
Loading
Скачать
0
1885
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Тип: мастер
Свойства файла: 4,8 Мб 128 кбит/с
Загружено: ZeroMedia @ 06.02.18
Текст песни «Kechirgin»
  
Bir o`zimman yana, yolg`izlik yana,
Ko`chada yomg`ir, uyda esa og`ir.
Kecha u uzatildi, kecha uni yo`qotdim,
Qo`limda suratlari, ustida ko`z yoshlarim.

Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yo`qotganimga ishonmayman, ishonmayman.
Yog`ayotgan yomg`ir uning ko`zyoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yo`qotganimga ishonmayman, ishonmayman.

Sen meni kechirgin, yana ko`zlaringda yosh,
Yana men sababchiman, yuzingda yo`qdir quvonch.
Axir bilar edimku – yetmasdi qo`lim,
Seni yosh uzatishdi, yetmadi vaqtim.

Meni kechir, menimcha endi hech qachon
Esimdan chiqmasa kerak 67-avtobus.
Chunki unda sen har doim kelarding yonimga,
Va yana o`sha yashil avtobus olib ketardi seni uyingga.

Kecha esa uzun qora limuzunda oppoq kiyimda,
O`tirardi kimdir yoningda,
Seni yosh uzatishdi, 17 yoshingda.
Men seni sevaman, so`zlarimga ishon,
Hech bo`lmaganda 1 yil vaqt bo`lganida, ishon,
Seni dunyodagi eng baxtli qiz qilar edim,
Agarda bo`lganida yana ozgina imkon.

Baxtli kunlarim uchib ketdi yiroqqa,
Baxtsiz kunlarim meni tashlamoqda firoqqa.
Men seni har bir nafasimda sevaman,
Qanday yashaymiz bir-birimizdan yiroqda?

Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yo`qotganimga ishonmayman, ishonmayman.
Yog`ayotgan yomg`ir uning ko`zyoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yo`qotganimga ishonmayman, ishonmayman.

Sen meni kechirgin, yana ko`zlaringda yosh,
Yana men sababchiman, yuzingda yo`qdir quvonch.
Axir bilar edimku – yetmasdi qo`lim,
Seni yosh uzatishdi, yetmadi vaqtim.

Telegram.me/UMMON_NEWS
Текст добавлен: Tatlimurat Cr7
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.