Ummon Guruhi Vaqt минус

00:00 / 04:08
Loading
Скачать
0
1869
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Тип: ориг + бэк
Свойства файла: 5,7 Мб 192 кбит/с
Загружено: ZeroMedia @ 30.01.17
Текст песни «Vaqt»
  
Yana qaytdi kuz,
Yana daraxtlardagi barglar,
To`kiladi yerga xazonlar, yomg`irlar.

Kuz, muncha ko`p meni yo`qlamasang,
Bolaligim olganing mayli,
Yoshligimni olib ketmoqdasan, kuz.

Xazonlar, biz o`ynab yurgan bog`lar,
Xazonlar, ulg`ayib bo`libmizku qaranglar,
Yerlardan uchirmoqda shamollar
Va yerda xazonlar.

Yomg`irlar, muncha ko`p yig`lamasa osmonlar,
Derazamdagi mayda tomchilar.
(Balki mani so`rab kelgan ular)

Kuz, munchalar shoshmasa soatlar,
Tugamoqda daraxtlarda barglar,
Oylarning ortidan quvar oylar.

Tugadiku kuz, yana qaytdi qish,
Yana vaqt mag`lub,
Kelib bo`ldiku sovuq.

Osmondan uchib kelar mayda parchalar,
Ko`chalarda oppoq archalar,
Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)

Ko`chada qor, kimdir ishga shoshar,
Kimdir o`qishga, kimdir hammadan hursand.
Kimning ichi to`la g`am.

Oyni yarmi yorug`, yarimi qora,
Agarda senda bo`lsa qora,
Hali hayot oldinda,
Hali bu kunlar qolib ketadi ortingda.

Qayerdan deysan shuncha tashvishlar,
Chenalarimiz ham qolib ketdi podvolda,
Ulg`ayib bo`libmizku, o`zingga bir qara.

Qor, yoshligimni qaytargin bir bor,
Maktab chog`larimni sog`indim.
Yana bir birimizga otib qor,
O`ynab yurganim, hammasi tamom.
O`tgan yillarim, qaytsa edi bir on.

Osmondan uchib kelar mayda parchalar,
Ko`chalarda oppoq archalar,
Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)

Telegram.me/UMMON_NEWS
Текст добавлен: Tatlimurat Cr7
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.